
- 2
- 24.10.2026 11:44:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi turar joy majmuasida 24-oktabrga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Yong‘in haqida xabar 01:33 da kelib tushgan. Qutqaruvchilar uni 01:52 da bartaraf etgan. Yong‘in oqibatida xonadondagi uy jihozlari zararlangan va bir kishining jasadi topilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.