- 5
- 21.03.2023 11:27:00
- 1 daq o'qish
Bahorni ko‘katli taomlarsiz tasavvur qilish qiyin. Bugun “Lazzat dunyosi” oshxonasida Navro‘z dasturxonining ajralmas bo‘lagi bo‘lgan va sevib iste’mol qilinadigan “Ko‘k yupqa” retseptini sizlarga taqdim etamiz.
🥛Masalliqlar:
500 gr un
200 ml suv
150 gr yog‘
0.5 kg barra ko‘katlar ismaloq, jag‘-jag‘ va yalpiz
Piyoz 1 dona
🥞Yupqani tayyorlash:
Idishga suv va tuz solinib xamir qoriladi. Xona haroratida 15 daqiqaga olib qo‘yiladi.
Xamirni yupqa qilib yoyib, aylana qilib kesib olib, ozgina yog‘ solib, tovada bittalab pishirib olinadi.
🥬 Ko‘katli aralashma:
Bahorgi barra ko‘katlarni va piyozni to‘g‘rab, qovurib olamiz.
Yupqalarning yarmiga masalliqni solib, yarmi yopiladi.
Ko‘k yupqamiz tayyor
🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif
Issiq yoki sovuq holda ta’bga ko‘ra sous bilan dasturxonga tortishingiz mumkin😍
Yoqimli ishtaha😋