- 5
- 21.04.2026 16:14:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
4 dona kartoshka
2 dona tuxum
1 stakan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq
yarim osh qoshiq tuz va qora murch
biroz petrushka
300 gramm qiyma
1 dona piyoz
1 dona sarimsoq bo‘lagi
1 osh qoshiq qalampir pastasi
2 dona to‘g‘ralgan pomidor
yarim stakan suv
Tayyorlanishi:
Kartoshkalarni qirg‘ichdan chiqarib, qo‘lingiz bilan suvini yaxshilab siqing. Keyin kartoshkani idishga olib, ustiga pishloq, tuxum, tuz va qora murch qo‘shib yaxshilab aralashtiring. Pergament qog‘oz solingan patnisga kartoshkali aralashmani yoying va oldindan 180°C da qizdirilgan pechda pishiring. Kartoshka pishguncha, tovaga o‘simlik yog‘i solib, piyoz, qiyma va sarimsoqni qovuring. So‘ng, pomidor va pastani qo‘shib aralashtiring. Oxirida tuz, ziravorlar va suv qo‘shib pishiring. Keyin, pishgan kartoshka ustiga qiyma aralashmasini bir tekis qilib, yoying. Pergament qog‘oz yordamida rulet qilib o‘rang va pichoq bilan bo‘laklarga kesing. Ustidan sarimsoqli sous quyib dasturxonga tortishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!😘🍽☕️