- 2
- 21.04.2026 16:17:00
- 1 daq o'qish
300 gr pechenye yaxshilab maydalanib, 150 gr eritilgan sariyog‘ bilan aralashtiriladi. Keyin qolipga solinib, ustidan kremi quyiladi. Va Oldindan 180°C ga qizdirilgan pechda taxminan 25 daqiqa pishiriladi.
Kremiga:
700 gr krem pishloq
200 gr shakar
yarim litr qaymoq
3 dona tuxum
1 osh qoshiq makkajo‘xori kraxmali
2 osh qoshiq un
1 choy qoshiq vanilin ekstrakti kerak bo‘ladi. Ustidagi bezagi uchun qozonga 600 gr gilos, 4 osh qoshiq shakar va 100 ml suv solinib, qaynatiladi. Alohida idishda esa, 100 ml suvga 2 osh qoshiq kraxmal yaxshilab aralashtirilib, qaynayotgan gilosga qo‘shiladi. Oxirida pishgan chizkeyk ustiga gilos murabbosi qo‘yilib, 3 soatga muzlatkichga jo‘natiladi.
Yoqimli ishtaha!🤗🍷