- 10
- 15.02.2023 15:36:00
- 1 daq o'qish
Biz eng foydali bo‘lgan ko‘katlarni yig‘ib, sizlar uchun
“Chalop salatini” tayyorladik.
Masalliqlar:
300 gr suzma
4 ta bodring
4 ta rediska
4 ta dona ko‘k piyoz
5 ta yalpiz shoxchasi
1 bog‘ kashnich
1 bog‘ shivit
1dona sarimsoqpiyoz
Ta'bga ko‘ra zaytun yog‘i, tuz va maydalangan qizil qalampir
👨🏻🍳 Tayyorlanishi:
Barcha sabzavotlarni va ko‘katlarni yaxshilab yuvib olamiz.
Sarimsoq piyozni maydalab ustidan suzma va suv solib yaxshilab aralashtiramiz. So‘ngra bodring, rediska, ko‘k piyoz va ko‘katlarni to‘g‘rab suzmaga qo‘shib, tuz solib aralashtiramiz.
Tayyor bo‘lgan salatimizni likopchaga solib ta'bga ko‘ra maydalangan quruq qalampir va zaytun yog‘i bilan bezatib olamiz.
Yoqimli ishtaha 🤤
🥰 Eng yaxshi retseptlar Lazzat dunyosi