- 3
- 18.04.2026 10:28:00
- 1 daq o'qish
♨️ Baqlajonli kabob
Masalliqlar:
Baqlajon (3–4 dona), qiyma (350 g), piyoz, sarimsoq, ziravorlar, maydanoz
Sous uchun: pomidor, tomat pastasi, sarimsoq, ziravorlar, zaytun yog‘i
Tayyorlanishi:
Baqlajonlarni uzun qilib to‘g‘rab, tuzli suvda 30 daqiqa iviting va qovuring. Qiyma va qolgan masalliqlarni aralashtirib kofta yasang, yengil qizartiring. Baqlajon bo‘laklariga koftani o‘rab, idishga joylang. Ustidan sous quyib, xohishga ko‘ra pishloq yoki sabzavot qo‘shing.
180°C da pechda pishiring.
Yoqimli ishtaha! 😋