
- 0
- 21.07.2026 18:39:00
- 1 мин оқу
Toshkent shahrida qamoqdan chiqganiga hali bir oy ham bo‘lmagan ayol, o‘zining navbatdagi jinoyati ustida IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol o‘g‘rilik jinoyati bo‘yicha avval 11 marta sudlangan. Hozirda, u 42 yoshda bo‘lib, 3 nafar farzandi borligini hamda shu vaqtgacha jami 2 mingga yaqin hamyonlarni o‘g‘irlaganini ma’lum qilgan. Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.