Onasiga zo‘ravonlik qilgan ayolga 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi

Onasiga zo‘ravonlik qilgan ayolga 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi
  • 0
  • 22.05.2026 10:16:00
  • 1 мин оқу

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol onasi bilan janjallashib, uni bo‘ralatib so‘kkani va tahdid qilgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyatining Parkent tumanida yashovchi ayol uni asrab olgan onasiga nisbatan zo‘ravonlik qilgani uchun huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan. U jarrohlik yo‘li bilan jinsini o‘zgartirish uchun pul so‘ragani ham aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol ilgari ham nazoratda bo‘lgan va psixiatriya muassasasida davolangan. Jabrlanuvchi pensioner ayolga himoya orderi berilgan, ish bo‘yicha hujjatlar sudga oshirilgan. Ayol qo‘lga olinganidan keyin huquq-tartibot idorasida kechirim so‘ragan, biroq sud jarayonida agressiv xatti-harakatlar ko‘rsatgan. Natijada unga 5 sutka ma’muriy qamoq va jarima jazosi tayinlangan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News