O‘zbekiston ilk kosmonavtini 2028-yilda koinotga uchiradi

O‘zbekiston ilk kosmonavtini 2028-yilda koinotga uchiradi
  • 0
  • 14.05.2026 10:47:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekistonning ilk milliy kosmonavti 2028-yil oktabr oyigacha koinotga uchirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibragimov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, parvoz 14 kun davom etadi. Hozirda AQSH, Rossiya va Xitoy bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Kosmonavtlarni tanlash uchun maxsus hukumat komissiyasi tuziladi. Nomzodlar 27-40 yosh oralig‘ida bo‘lishi, oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, bo‘yi 160-190 sm, vazni esa 50-95 kg oralig‘ida bo‘lishi kerak. Shuningdek, xorijiy tillarni bilish ham talab etiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News