O‘zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollarga yetdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollarga yetdi
  • 0
  • 30.05.2026 21:19:00
  • 1 мин оқу

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi 47 milliard dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,4 milliard dollarga ko‘p. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qarzning 39,8 milliard dollari tashqi, 7,2 milliard dollari esa, ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi. Tashqi qarz mablag‘larining 19,7 milliard dollari byudjet taqchilligini qoplashga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, kreditlar energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, uy-joy kommunal xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash hamda ta’lim sohalarini moliyalashtirishga sarflangan. Davlatning eng yirik kreditorlari Jahon banki (9,04 milliard dollar) va Osiyo taraqqiyot banki (8,3 milliard dollar) bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq Markaziy bank 2025-yil yakunida O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 82 milliard dollardan oshganini ma’lum qilgan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News