O‘zbekiston aholisi keskin ko‘payadi: 2050-yil prognozi e’lon qilindi

O‘zbekiston aholisi keskin ko‘payadi: 2050-yil prognozi e’lon qilindi
  • 1
  • 30.05.2026 21:13:00
  • 1 мин оқу

YUNISEFning “Markaziy Osiyoda 2050 avlodi” tahliliga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi o‘sishda davom etib, 2030-yilda 40 milliondan, 2050-yilda esa 52 million kishidan oshishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisi 2000-yildagi 25 milliondan 2025-yilda 37 millionga yetgan. 2026-yil aprel holatiga esa O‘zbekistonda 38,4 milliondan ortiq aholi istiqomat qilmoqda.
Prognozlarga ko‘ra, 2050-yilga borib aholining o‘rtacha yoshi 35 yoshga yetadi, mehnatga layoqatli fuqarolar soni 33 milliondan oshadi. Shu bilan birga, keksa yoshdagi aholi soni ham qariyb uch barobarga ko‘payib, 6 milliondan ortadi.
Mutaxassislar bu o‘sishni tug‘ilish darajasining o‘lim ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lib qolayotgani bilan izohlamoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News