
- 0
- 01.05.2026 18:23:00
- 1 мин оқу
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi bir yilda 28 foizga oshib, 82,2 milliard dollarga yetdi.
Markaziy bank bunda korporativ qarzlar ulushi keskin oshganini ochiqladi. Shundan 40,5 milliard dollarini davlat, 41,7 milliard dollarini banklar va korxonalar tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun bir yil ichida davlat qarzi 6,6 milliard dollarga, korporativ kreditlar 11,5 milliard dollarga ko‘paygan.