O‘zbekiston semizlik bo‘yicha MDHda birinchi o‘ringa chiqdi

O‘zbekiston semizlik bo‘yicha MDHda birinchi o‘ringa chiqdi
  • 0
  • 11.07.2026 18:02:00
  • 1 мин оқу

O‘zbekiston semizlik bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni, dunyo reytingida esa 59-o‘rinni egalladi. Bu haqda Our World in Data portali JSST ma’lumotlariga tayanib e’lon qildi. Reytingda O‘zbekistonda aholining 64 foizi ortiqcha vaznga egaligi aniqlangan. Mintaqadagi boshqa davlatlar orasida Turkmaniston va Tojikiston 58 foiz, Qozog‘iston, Rossiya hamda Qirg‘izistonda 56 foiz, Belarusda esa 55 foiz semizlik darajasi qayd etilgan. Mutaxassislar me’yordan ortiq tuz iste’moli, noto‘g‘ri ovqatlanish va kamharakat turmush tarzini semizlikning asosiy sababi sifatida ko‘rsatgan.

Shuningdek, mamlakatda qariyb 3 million bola va o‘smir ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, 15–49 yoshdagi homilador bo‘lmagan ayollarning 40 foizdan ortig‘ida semizlik muammosi mavjud. Ekspertlarning ogohlantirishicha, agar mavjud tendensiya davom etsa, 2060-yilga borib semizlik tufayli O‘zbekiston iqtisodiyotiga yetadigan zarar 21,6 milliard dollarga yetishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News