
- 0
- 16.07.2026 12:57:00
- 1 мин оқу
O‘zbekistonda anomal issiq sabab ta’lim, transport, energetika va mehnat sohalarida vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.
Qator hududlarda bog‘chalar vaqtincha yopildi, maktab tadbirlari va yozgi loyihalar to‘xtatildi. Shuningdek, Surxondaryo va Qashqadaryoda og‘ir yuk mashinalari harakati cheklandi.
Toshkent metrosining yer usti yo‘nalishlarida relslar qizib ketgani sabab poyezdlar tezligi pasaytirildi. Shu bilan birga, elektr energiyasi iste’moli rekord darajaga yetgani bois energetika tizimi kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.
Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarga soat 11:00–16:00 oralig‘ida ochiq havodagi og‘ir ishlarni qisqartirishni tavsiya qildi. Hududlarda daraxtlarni sug‘orish, ko‘chalarga suv sepish va favvoralarni uzluksiz ishlatish choralari ham kuchaytirildi.