
- 0
- 18.05.2026 18:12:00
- 1 мин оқу
Ijtimoiy tarmoqlarda Rishton–So‘x yo‘nalishidagi chegara hududida Qirg‘izistonning “Qaypas” o‘tkazish punktida O‘zbekiston fuqarosi kaltaklangani aytilgan videolar tarqaldi.
So‘x tumani hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, Qirg‘iziston chegara xizmati xodimlari va O‘zbekiston fuqarosi o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan. Vaziyat tezkor choralar natijasida nazoratga olinib, fuqaro O‘zbekiston hududiga qaytarilgan. Ikki tomon vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda vaziyat tinch yo‘l bilan hal etilgan, tomonlar o‘zaro tushunmovchilik uchun uzr so‘rashgan.
Hokimlik fuqarolarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirgan.