Tataristondagi dron hujumida o‘zbekistonliklar ham halok bo‘ldi

Tataristondagi dron hujumida o‘zbekistonliklar ham halok bo‘ldi
  • 1
  • 10.08.2026 18:52:00
  • 1 мин оқу

10-avgust kuni Ukraina dronlari Rossiyaning Tatariston hududiga hujum qildi. Nijnekamsk shahridagi zarbalar oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 75 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan.

Qurbonlar orasida 7 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari hamda yosh bola ham bor.

Hujum oqibatida “Taneko” neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqqan. Tataristonda qurbonlar xotirasiga motam e’lon qilindi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News