
- 0
- 06.03.2026 08:27:00
- 1 мин оқу
Isroildagi O‘zbekiston fuqarosi eron hujumi vaqtida sirenalar yangrayotgan paytni videoga olib, TikTok’ka joylagani ortidan politsiya tomonidan olib ketildi. Videoda u yahudiylarni “kalamushlar” deb atagan.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ayrim isroillik foydalanuvchilar orasida norozilik uyg‘otgan. Shundan so‘ng mahalliy fuqaro huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. Politsiya esa erkakni so‘roq qilish uchun olib ketgan.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqaroga konsullik yordami ko‘rsatilayotganini va holat nazoratda ekanini ma’lum qildi. Elchixona Isroilda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini mahalliy qonunlarga qat’iy rioya qilishga va provokatsion harakatlardan tiyilishga chaqirdi.