
- 11
- 16.06.2026 16:15:00
- 1 мин оқу
Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Shavkat Mirziyoyev Mirziyoyev AQSh Eksimbanki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda, O‘zbekistonda infratuzilmani rivojlantirish, energetika tizimini modernizatsiya qilish, muhim minerallarni o‘zlashtirish, sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishlaridagi strategik loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, AQSh Eksimbanki bilan energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirish hamda mahalliy tadbirkorlar uchun eksport kreditlari hajmini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, “DFC” korporatsiyasining sog‘liqni saqlash, energetika va infratuzilma sohalaridagi investitsiya tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Uchrashuv yakunida investitsiyaviy va texnologik loyihalarni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi.