Toshkent viloyatida voyaga yetmagan narkosavdogarlar ushlandi

Toshkent viloyatida voyaga yetmagan narkosavdogarlar ushlandi
  • 5
  • 14.10.2026 11:29:00
  • 1 мин оқу

Toshkent viloyatining Chirchiq shahri va Qibray tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda giyohvandlik vositalarini tarqatishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ma'lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilardan birining uyidan mefedron, alfa-PVP va geroin moddalarini qadoqlash vositalari topilgan. Qibray tumanida esa internet orqali faoliyat yuritgan narkodo‘kon bilan aloqador shaxslar ushlangan.
Tezkor tadbirlar natijasida jami 4,7 kilogramm giyohvandlik vositasi musodara qilinib, 245 ming dona bir martalik dozaning noqonuniy muomalaga chiqarilishining oldi olingan. Hozirda tergov-tezkor tadbirlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News