Parijdagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi yopildi

Parijdagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi yopildi
  • 1
  • 20.10.2026 11:54:00
  • 1 мин оқу

Fransiyada ommaviy namoyishlar va talon-torojlar fonida ayrim shaharlarda komendantlik soati joriy etilishi kutilmoqda. Parijdagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi esa talabalar ish tashlashi sababli tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopildi.

Joriy yilning 19-oktabr kuni esa Fransiya hukumati mahalliy hokimiyat organlariga tartibsizliklar kuzatilayotgan hududlarda komendantlik soati joriy etish choralarini ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bosh vazir Sebasten Lekornyu bu cheklovlar ayrim hududlarda qo‘llanishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Fransiyada sentabr oyi oxiridan buyon namoyishlar davom etmoqda. Aksiyalarning ayrimlari politsiya bilan to‘qnashuvlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llanilishi bilan yakunlangan. Shuningdek, turmush xarajatlarining oshishiga qarshi namoyishlar vaqtida mamlakat bo‘ylab 2 mingdan ortiq kishi qo‘lga olingani xabar qilingan. Tartibsizliklar oqibatida tadbirkorlar va shahar ma’muriyatlari ham zarar ko‘rganini bildirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News