Ukraina Bryanskdagi zavodga raketa zarbasi berdi

Ukraina Bryanskdagi zavodga raketa zarbasi berdi
  • 0
  • 11.03.2026 18:03:00
  • 1 мин оқу

10-mart kuni Ukraina qo‘shinlari Rossiyaning Bryansk shahriga raketa zarbasi berdi. Oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 37 kishi jarohatlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda Storm Shadow raketalaridan foydalanilgan. Zarba Rossiya raketalari uchun elektronika va butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan “Kremniy El” mikroelektronika zavodiga qaratilgan. Hujum oqibatida zavod hududida bir necha portlash yuz bergan va ishlab chiqarish quvvatlariga jiddiy zarar yetgan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda zarba oqibatlari aks etgan videolar tarqalmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News