
- 3
- 22.06.2026 18:23:00
- 1 мин оқу
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bugun, 22-iyun kuni lavozimini tark etishini e’lon qildi. U yangi yetakchi saylangunga qadar hukumat rahbari vazifasini vaqtincha bajarib turadi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Katta Manchesterning sobiq meri Endi Bernem Starmerning asosiy vorisi sifatida ko‘rilmoqda. U yaqinda parlamentga deputat etib saylangan edi.
Starmerning iste’fosi Leyboristlar partiyasining mahalliy saylovlardagi muvaffaqiyatsiz natijalari va partiya ichidagi bosimlar ortidan yuz berdi. Uning ketishi bilan Buyuk Britaniya so‘nggi o‘n yil ichida yettinchi bosh vazirini kutib olishi mumkin.