Ikki o‘zbekistonlik Rossiyada 7-qavatdan qulab tushdi

Ikki o‘zbekistonlik Rossiyada 7-qavatdan qulab tushdi
  • 2
  • 14.05.2026 10:55:00
  • 1 мин оқу

Rossiyaning Buryatiya Respublikasida qurilishda ishlayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi 7-qavatdan qulab tushdi. Hodisa 8-may kuni Ulan-Ude shahridagi ko‘p qavatli uy qurilishida yuz bergan.

Ma’lum qilinishicha, minorali kran boshqaruvchisi ehtiyotsizlik bilan qurilish havozasiga zarar yetkazgan. Xavfsizlik kamarini taqmagan ishchilar esa pastga qulab tushgan. Oqibatda fuqarolardan biri og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan, ikkinchisi esa vafot etgan.

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi holat nazoratga olinganini bildirib, marhumning jasadini vatanga yuborish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Hodisa yuzasidan Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News