
- 0
- 18.05.2026 11:02:00
- 1 мин оқу
AQSHning Aydaxo shtatida o‘tkazilgan Gunfighter Skies aviashousi vaqtida ikkita EA-18 Growler qiruvchi samolyoti havoda to‘qnashib ketdi. Hodisa tryuklar namoyishi paytida sodir bo‘lgan. Samolyotlardagi to‘rt nafar ekipaj a’zosi muvaffaqiyatli katapulta qilingan. Halok bo‘lganlar yo‘q, uchuvchilarning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.
Halokatdan so‘ng aviashou darhol bekor qilindi, voqea joyidagi yong‘in esa nazoratga olingan. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.