Tramp Eronga tahdid qildi

Tramp Eronga tahdid qildi
  • 8
  • 05.05.2026 10:56:00
  • 1 мин оқу

Donald Tramp agar Hormuz bo‘g‘ozida AQSH kemalariga hujum qilinsa, Eron “og‘ir oqibatlarga duch kelishi va hatto yer yuzidan yo‘q qilinishi mumkin”ligini aytib ogohlantirdi. U bu haqda Fox News jurnalisti Trey Yingst bilan suhbatda ma’lum qilgan. 

Tramp AQSH “Ozodlik loyihasi” doirasida Hormuz bo‘g‘ozida savdo kemalarini kuzatib borayotganini bildirgan.
Xabarlarga ko‘ra, AQSH harbiylari Eron tomonidan uchirilgan raketa va dronlarni urib tushirgan, shuningdek ayrim Eron katerlari yo‘q qilingani aytilmoqda.

So‘nggi kunlarda Fors ko‘rfazi va Hormuz atrofida vaziyat keskinlashib, kemalarga hujumlar va harbiy javoblar qayd etilgan. AQSH va Eron o‘rtasidagi taranglik davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News