Tramp urush deyarli tugaganini aytdi

Tramp urush deyarli tugaganini aytdi
  • 1
  • 10.03.2026 08:46:00
  • 1 мин оқу

Tramp AQSH va Eron o‘rtasidagi harbiy harakatlar rejalashtirilganidan tezroq kechayotganini va urush deyarli yakunlanish arafasida ekanini ma’lum qildi.

CBS telekanaliga bergan intervyusida Tramp operatsiya dastlab bir oydan ortiq davom etishi mumkinligi aytilganini, ammo harbiy harakatlar kutilganidan tezroq rivojlanayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning harbiy salohiyati jiddiy zarba olgan va raketa zaxiralari ham juda kamaygan.

Keyinchalik Florida shtatida bo‘lib o‘tgan Respublikachilar partiyasi tadbirida ham Tramp urush “juda tez orada tugashi” mumkinligini yana bir bor aytdi. U bu operatsiyani “qisqa muddatli harbiy harakat” deb atadi.

Biroq Eron armiyasi urushni kengaytirishga tayyorligini bildirib, uning qachon tugashini Eronning o‘zi belgilashini ma’lum qilgan. 

Shuningdek, Tramp harbiy operatsiyani qachon yakunlash bo‘yicha yakuniy qaror Isroil bilan birgalikda qabul qilinishini aytgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News