
- 0
- 29.04.2026 16:59:00
- 1 мин оқу
AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan yangi dizayndagi pasportlar chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Ularning ichki muqovasida amaldagi prezident Donald Tramp portreti va oltin rangda yozilgan imzosi joylashtiriladi.
Yangi dizaynda, shuningdek, rassom Jon Trambullning “Mustaqillik deklaratsiyasi” asaridan parcha ham aks etadi. Mazkur pasportlar asosan Vashingtondagi pasport agentligi orqali berilishi kutilmoqda, boshqa hududlarda esa odatiy dizayn saqlanib qoladi. Bunday pasportlar qancha miqdorda chiqarilishi hozircha ochiqlanmagan.
Shu bilan birga, yubiley munosabati bilan 100 dollarlik kupyuralarda prezident imzosini qo‘llash va 24 karatli oltin tanga chiqarish tashabbuslari ham ilgari surilgan.