
- 0
- 10.03.2026 15:09:00
- 1 мин оқу
Eronlik besh nafar futbolchi qizlar yurtiga qaytganida ularga o‘lim jazosi tayinlanishidan qo‘rqib, Avstraliyadan siyosiy boshpana so‘ragan. Tramp agar Avstraliya yordam berishdan bosh tortsa, AQSH eshiklari ular uchun doimo ochiqligini e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 2-mart kuni Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogining ochilishida eronlik ayol futbolchilar o‘z davlatining madhiyasini kuylashdan bosh tortgan.
Shuningdek, ular madhiyani chempionat doirasidagi Avstraliyaga qarshi ikkinchi bahsda kuylab, oxirida yurtida sodir bo‘layotgan voqealarga harbiycha salom berish orqali o‘zining noroziligini bildirgan.
Eron davlat televideniyesi mamlakat ayollar terma jamoasining ushbu harakatini qoralab, ularni “urush xoinlari” deb atagan va Erondan jazolashni talab qilgan. Jumladan, futbolchi qizlarning barcha o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchragani tufayli, Osiyo Kubogidagi ishtiroki erta yakunlangan. Agar ular haqiqatan ham xoin deb topilsa, buning uchun belgilanadigan jazo – o‘lim (qatl etish) bo‘lishi mumkin.