Tramp 2026-yilgi Jahon chempionati chiptalari narxini qimmat deb baholadi

Tramp 2026-yilgi Jahon chempionati chiptalari narxini qimmat deb baholadi
  • 0
  • 08.05.2026 18:09:00
  • 1 мин оқу

Trampning aytishicha, AQSH va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga chipta narxi 1000 dollardan boshlanishi oddiy muxlislar uchun og‘irlik qiladi.
“Albatta, u yerda bo‘lishni xohlardim, lekin rostini aytsam, o‘zim ham chipta uchun 1000 dollar to‘lamagan bo‘lardim”, dedi Tramp.

Shu bilan birga, u musobaqaga qiziqish juda yuqori ekanini va barcha rekordlar yangilanayotganini ta’kidladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qayta sotuv bozorida ayrim chiptalar narxi 2 million dollargacha baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, JCH—2026 AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadi hamda unda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News