Farg‘onada poyezd temiryo‘ldagi mast erkak sabab to‘xtatildi

Farg‘onada poyezd temiryo‘ldagi mast erkak sabab to‘xtatildi
  • 0
  • 12.05.2026 17:24:00
  • 1 мин оқу

Farg‘ona viloyatida Andijon—Toshkent yo‘nalishida ketayotgan yo‘lovchi poyezdi temiryo‘l ustida mast holda yurgan erkak sabab to‘xtashga majbur bo‘ldi.
Dang‘ara tumani hududida 1983-yilda tug‘ilgan erkak relslar orasida yurgani aniqlangan. Uni urib yubormaslik uchun poyezd to‘xtatilgan.
Hodisa natijasida hech kim jarohat olmadi. Erkak xavfsiz joyga olib o‘tilgach, poyezd yana harakatni davom ettirgan. Hozirda holat bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News