Toshkentning Uchtepa tumanida yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Toshkentning Uchtepa tumanida yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
  • 2
  • 24.10.2026 11:44:00
  • 1 мин оқу

Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi turar joy majmuasida 24-oktabrga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Yong‘in haqida xabar 01:33 da kelib tushgan. Qutqaruvchilar uni 01:52 da bartaraf etgan. Yong‘in oqibatida xonadondagi uy jihozlari zararlangan va bir kishining jasadi topilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News