
- 1
- 23.10.2026 18:19:00
- 1 мин оқу
AQSHning Virjiniya shtati Richmond shahrida 64 yoshli erkak futbolni tinchgina tomosha qilish uchun xotinini stulga skotch bilan bog‘lab, yerto‘lada 30–45 daqiqa ushlab turganlikda ayblanmoqda.
Politsiya 11-oktabr kuni uyidagi oilaviy mojaro haqidagi chaqiriqdan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan. Ayolning qo‘llarida skotch izlari aniqlangan. Erkak xotinini bog‘lab, yerto‘laga joylashtirganini tan olgan. Keyin esa u hibsga olingan va unga odam o‘g‘irlash, shuningdek, oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblovlar qo‘yilgan.