
- 0
- 22.04.2026 10:25:00
- 1 мин оқу
2026-yil holatiga ko‘ra, Rossiya armiyasi safida 12 666 nafar Markaziy Osiyo fuqarosi bor. Ular urushda qatnashgan yoki hozirda qatnashmoqda. Bu haqda Ukrainaning “Xo‘chu jit” (Yashashni xohlayman) davlat loyihasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan 4 853 nafar, Tojikistondan 3 407 nafar, Qozog‘istondan 2 389 nafar, Qirg‘iziston 1 439 nafar va Turkmanistondan 578 nafar fuqaro armiyada yollanma askar sifatida xizmat qilmoqda. Ular Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan.