
- 2
- 18.09.2026 15:36:00
- 1 мин оқу
AQSH harbiy rahbariyati mamlakat qo‘shinlari Yer orbitasidan tashqari, Oy atrofidagi kosmik hududda ham ehtimoliy jangovar harakatlarga tayyor bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi.
AQSH Bosh shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keyn harbiylar “dengiz tubidan tortib Oy atrofidagi fazogacha” bo‘lgan hududlarda jang qilish, bardosh berish va g‘alaba qozonishga tayyor turishi kerakligini ta’kidladi.
AQSH Kosmik kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Gregori Ganon ham kosmos va Oy atrofida jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy kabi ehtimoliy raqiblar kosmosning ayrim hududlarida faoliyatini kengaytirmoqda.
Bu bayonotlar AQSH Harbiy-havo kuchlari kotibi Troy Meynk AQSH ilk bor kosmosga qurol joylashtirganini ma’lum qilganidan bir necha kun o‘tib yangradi. Qurolning turi va imkoniyatlari hozircha ochiqlanmagan.
Avvalroq Tramp Truth Social’dagi sahifasida Oy suratini “Oy bizniki” degan yozuv bilan e’lon qilgandi.