AQSH Kuba prezidentini o‘g‘irlab ketish variantini ko‘rib chiqmoqda

AQSH Kuba prezidentini o‘g‘irlab ketish variantini ko‘rib chiqmoqda
  • 0
  • 11.06.2026 18:12:00
  • 1 мин оқу

AQSH urush vaziri Pit Xegset jurnalistlarga Kubaga qarshi chora ko‘rishda, Kuba prezidenti Migel Dias-Kanelni o‘g‘irlash varianti ham borligini aytdi. Vazir yakuniy qarorni Donald Tramp qabul qilishini ma’lum qilgan.

Mahalliy OAV matbuotiga ko‘ra, Kuba AQSH bilan keskinlik kuchayib borayotgan bir vaqtda orolda fuqarolik mudofaasi choralarini kuchaytirib, aholiga qurol tarqatgan. Jumaladan, ehtimoliy inqiroz ssenariylariga tayyor turish tavsiya etilgan.

Avvalroq, Tramp ma’muriyati Kubada siyosiy o‘zgarishlar qilish niyatida ekanini bildirgan edi. AQSH prezidenti Vashingtonning Kuba bo‘yicha “katta rejalari” borligini ta’kidlab, amaldagi hukumatni keskin tanqid qilgan. AQSH OAVlari esa, Tramp ma’muriyati Kubaga nisbatan bosim siyosatini kuchaytirish va ehtimoliy harbiy ssenariylarni muhokama qilayotgani haqida xabarlar tarqatgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News