O‘zbekistonda mehmonxonalar qurilishida mahalliy mahsulotlar ulushi 95 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda mehmonxonalar qurilishida mahalliy mahsulotlar ulushi 95 foizga yetkaziladi
  • 4
  • 25.06.2026 13:11:00
  • 1 мин оқу

Hududlarda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ikki yillik yirik dastur qabul qilindi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, dastur doirasida 34 ta yirik turizm obyekti hamda 1 mingdan ortiq joylashtirish vositasi, jumladan 200 ta yangi mehmonxona barpo etilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatining Parkent tumanida yaqinda foydalanishga topshiriladigan “Kumushkon Resort” turizm majmuasi qurilishida mahalliy qurilish materiallarining ulushi 98 foizni tashkil etmoqda. Shu munosabat bilan hudud rahbarlariga qurilayotgan mehmonxonalarda mahalliy mahsulotlar ulushini kamida 95 foizga yetkazish vazifasi yuklatildi.

Buning uchun 2027-yil yakuniga qadar mehmonxona qurilishi va bezatishida foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish belgilandi. Xususan, lok-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish 150 ming tonnaga, santexnika buyumlari 2 million donaga, PVX quvur va fitinglar 300 ming tonnaga, gulqog‘ozlar 7,5 million tonnaga, dekorativ panellar esa 18 million kvadrat metrga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News