
- 0
- 12.06.2026 12:19:00
- 1 мин оқу
Avvalroq Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Shota Rustaveli ko‘chasida Cobalt haydovchisi ommaviy YTH sodir etgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan IIBB rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, voqea 11-iyun kuni soat 21:30 atrofida sodir bo‘lgan. Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turuvchi 44 yoshli haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzib, ichki ishlar organlari xodimlarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabini bajarmay, harakatni davom ettirgan va bir nechta transport vositalariga texnik shikast yetkazgan.
Shundan so‘ng boshqa fuqarolarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida xodimlar xizmat qurolidan foydalanib, avtomobil g‘ildiragiga o‘q uzgan va mashina shu yo‘l bilan to‘xtatilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.