
- 0
- 03.07.2026 12:58:00
- 1 мин оқу
AQShda bir erkak to‘xtab turgan pikapining eshigini ochganida, mashina ichida ayiq o‘tirganini ko‘rib hayratga tushdi. Ayiq esa rul tomonga o‘rnashib olib, mashinadan chiqishni istamadi.
Shundan so‘ng avtomobil egasi qo‘liga taxta bo‘lagini olib, ayiqni mashinadan haydab chiqardi. Hodisa davomida hech kim jarohat olmadi.
Ayiqning rul oldidagi holatini ko‘rganlar esa hazillashib: “Hoynahoy, mashina haydashni o‘rganmoqchi bo‘lgan”, deya izoh qoldirishgan.