
- 0
- 19.05.2026 10:29:00
- 1 мин оқу
AQSHning Kaliforniya shtati San Diyego shahridagi Islom markazida yuz bergan otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, hujumni 17 va 18 yoshli ikki o‘smir sodir etgan. Gumonlanuvchilar keyinchalik masjid yaqinidagi avtomobilda o‘z joniga qasd qilgan holda topilgan.
Qurbonlar orasida masjid qo‘riqchisi ham bo‘lib, rasmiylarga ko‘ra, u hujumning yanada og‘ir oqibatlarga olib kelishining oldini olishga harakat qilgan. Politsiya uning harakatlarini qahramonona deb baholagan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisa nafrat asosidagi jinoyat bo‘lishi mumkin. O‘smirlar yozib qoldirgan xatda nafrat mazmunidagi fikrlar aniqlangan.
Voqea paytida masjid hududidagi maktabda bolalar darsda bo‘lgan. Holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.