
- 0
- 30.03.2026 18:37:00
- 1 мин оқу
Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlangani aytilmoqda. Ma’lum qilinishicha, 28-mart kuni tumanda yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga 1973-yilda tug‘ilgan o‘qituvchi 2013-yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganini bildirgan. Viloyat IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olingan.