
- 0
- 25.07.2026 11:13:00
- 1 мин оқу
Olimlar ish joyida yig‘lash stressni kamaytirib, organizmning tezroq tiklanishiga yordam berishini aniqladi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, yig‘lagan odamning nafas olishi va yurak urishi tezroq me’yorga qaytadi. Aksincha, his-tuyg‘ularini bosishga harakat qilganlarda bu ko‘rsatkichlar uzoqroq vaqt yuqori bo‘lib qoladi.
Shuningdek, so‘rov natijalariga ko‘ra, har 10 nafar xodimning 8 nafari kamida bir marta ish joyida yig‘lagan. Ularning deyarli yarmi buni bir necha bor boshdan kechirgan. Ko‘z yoshlariga ko‘pincha hamkasblar yoki rahbariyatning qo‘pol va bosimli munosabati sabab bo‘lgan.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, his-tuyg‘ularni doimiy ravishda bostirish motivatsiya va ish unumdorligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Ba’zi holatlarda esa ko‘z yosh to‘kish stressni kamaytirish va o‘zini tezroq tiklashning tabiiy usuli hisoblanadi. Shu sababli rahbarlarga xodimlar his-tuyg‘ularini erkin ifoda eta oladigan sog‘lom ish muhitini yaratish tavsiya etilmoqda.
💬 Siz ish joyida yig‘laganmisiz?