Toshkentda o‘quvchini magnitli brasletni yutishga majburlashgani aytilmoqda

Toshkentda o‘quvchini magnitli brasletni yutishga majburlashgani aytilmoqda
  • 3
  • 07.09.2026 17:40:00
  • 1 мин оқу

Toshkentning Yashnobod tumanidagi 151-maktab o‘quvchisi maktabda zo‘ravonlikka uchrab, og‘ir jarohat olgani aytilmoqda. U uch soat davomida operatsiya qilinib, hozir reanimatsiyada.
Jabrlanuvchining onasi so‘zlariga ko‘ra, ikki nafar o‘quvchi maktab hojatxonasi yaqinida uning o‘g‘liga tahdid qilib, metall magnitli brasletni yutishga majburlagan. Bola qo‘rqib, voqeani ota-onasiga darhol aytmagan. Keyinchalik uning qorni qattiq og‘rib, shifoxonaga olib borilgan. Rentgen tekshiruvida ichida metall buyum borligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, braslet ichakni olti joyidan shikastlagan. Shifokorlar jarrohlik amaliyoti davomida ichakning qariyb 5 santimetr qismini olib tashlagan. Hozir o‘quvchi reanimatsiyada.
Holat yuzasidan hozircha rasmiy izoh berilmagan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News