
- 2
- 15.09.2026 10:46:00
- 1 мин оқу
Xonanda Jasur Umirov Chorvoq suv omborida kichik yoshdagi o‘g‘li bilan katerda qutqaruv nimchasisiz va yuqori tezlikda harakatlangan. Bu holat aks etgan videoni u Instagram sahifasiga joylashtirgach, muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xonanda bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganini ma’lum qildi. Unga suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga, xususan, katerda harakatlanishda qutqaruv nimchasidan foydalanish zarurligi tushuntirilgan.
Jasur Umirov esa qutqaruv nimchasisiz harakatlanish noto‘g‘ri ekanini tushunganini aytib, boshqalarni ham xavfsizlik qoidalariga amal qilishga chaqirdi.