
- 12
- 17.08.2026 19:12:00
- 1 мин оқу
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 17-avgust kuni Xorazm viloyatiga bordi va tashrifni Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya ishlari bilan tanishishdan boshladi. Aeroportni yangilash loyihasiga 264 million dollar investitsiya yo‘naltirilgan. Rekonstruksiya yakunlangach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 300 nafardan 1 300 nafargacha oshadi.
Prezident, shuningdek, Urganch tumanidagi sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Tillo domor” korxonasining yangi majmuasi va Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi faoliyati bilan tanishdi, yangi temiryo‘l orqali Urganchdan Xivaga bordi. Xitoyda ishlab chiqarilgan CR200J elektropoyezdi orqali ikki shahar o‘rtasidagi yo‘l vaqti 80 daqiqadan 40 daqiqagacha qisqaradi.
Prezident Xiva shahrida tashkil etilgan Lyaonin pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali va Konfutsiy instituti faoliyati bilan ham tanishdi.
18-avgust kuni tashrif doirasida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.