
- 0
- 18.03.2026 16:23:00
- 1 мин оқу
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Ikki kunlik safar davomida hududdagi bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm loyihalari bilan tanishish hamda yangi tashabbuslarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Tashrif Samarqand shahridagi Yoshlar kreativ parkidan boshlandi. Sobiq harbiy gospital o‘rnida barpo etilgan majmuada zamonaviy kutubxona, o‘quv markazlari, IT va startap loyihalar uchun imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, davlat rahbari shahardagi jamoat transporti tizimi bilan ham tanishdi. Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelingan, yana 150 tasini xarid qilish rejalashtirilgan. Mazkur Yutong rusumli elektrobuslar 30 oʻrinli boʻlib, 75 nafar yo‘lovchi sig‘imiga ega. 4 gektarga yaqin maydonda yangi avtobuslar uchun avtosaroy tashkil etilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bu yerdagi quvvatlash stansiyasi 50 ta elektrobusga xizmat koʻrsata oladi. Hozirda, avtosaroyda 265 kishi ishlamoqda. Qolgan jamoat transportlari olib kelingandan so‘ng 500 dan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Tashrif davomida, prezident Gagarin va Rudakiy koʻchalari kesishmasida barpo etilgan yoʻl oʻtkazgichni ham koʻzdan kechirdi. Ma’lumot uchun, 600 metr uzunlikda tashkil etgan tunnel qurilishiga 12 million dollarsarflanfan. Tunnel bir kunda oʻrtacha 50 mingta transport vositasini oʻtkazishi mumkin. Prezident yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Jaloliddin Manguberdi” poyezdida Narpay tumaniga borib, gidroponika asosida ishlaydigan qulupnay issiqxonasi faoliyati bilan tanishdi. Safar davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.