Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada investitsiya loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada investitsiya loyihalari bilan tanishdi
  • 1
  • 28.04.2026 12:12:00
  • 1 мин оқу

Prezident Farg‘onaga tashrifining ikkinchi kunida investorlarga xizmat ko‘rsatish markazi va “Farg‘ona ekspo” ko‘rgazmalar majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Mazkur markaz hududning sanoat salohiyatini namoyish etish, eksportni oshirish va investorlar uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda. 5 gektar maydonda joylashgan majmuada 200 dan ortiq korxona mahsulotlarini namoyish etish imkoniyati yaratilgan. Tashrif davomida, Shavkat Mirziyoyevga “yagona darcha” tamoyili asosida ishlovchi investitsiya platformalari taqdim etildi. Ular loyihalarni shakllantirish va monitoring qilish jarayonlarini soddalashtirib, shaffoflikni ta’minlaydi.

Shuningdek, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlikda yirik investitsiya loyihalari, jumladan,  savdo markazi, biopellet ishlab chiqarish, tibbiyot klasteri va infratuzilma tashabbuslari muhokama qilindi. Davlat rahbari tadbirkorlar bilan uchrashib, muammolarni tingladi va loyihalarni tezkor hamda samarali amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News