
- 0
- 18.05.2026 14:36:00
- 1 мин оқу
Prezident kecha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Boku shahriga tashrif buyurdi. 18-may kuni esa, Shavkat Mirziyoyev BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida Boku shahrida o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi ochilish marosimida qatnashdi.
Bokudagi Kongress markazida davlat rahbarini Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va BMT-Habitat ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax kutib oldi. Tadbir doirasida rasmiy suratga tushish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Forumning asosiy mavzusi “Barcha uchun uy-joy: xavfsiz va barqaror shaharlar hamda hamjamiyatlar” bo‘lib, unda turli davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Kun tartibida shaharlarni barqaror rivojlantirish, arzon va zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash, shahar infratuzilmasini yaxshilash, iqlim barqarorligini mustahkamlash hamda uy-joyni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilinmoqda.