
- 4
- 15.10.2026 10:13:00
- 1 мин оқу
Turkiyaning bir nechta hududida kuchli yomg‘ir kuzatilib, ayniqsa Istanbul shahrida suv toshqinlari yuz berdi. 13-oktabr oqshomida boshlangan jala 14-oktabr kuni keng ko‘lamli suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Ko‘chalar, yerosti yo‘llari, uylar va savdo obyektlarini suv bosdi. Ayrim avtomobillar suv ichida qolib ketdi.
Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 15-oktabr kuni Istanbuldagi davlat va xususiy ta’lim muassasalarida an’anaviy darslar bir kunga to‘xtatildi. Shuningdek, mototsikllarning harakatlanishi vaqtincha taqiqlandi. Shaharda suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.