
- 1
- 12.09.2026 15:22:00
- 1 мин оқу
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 25 yoki 26-sentyabr kuni lavozimidan iste’foga chiqishini bildirdi. Vuchichning aytishicha, u Nyu-Yorkdan qaytishi bilan iste’foga chiqadi va shundan so‘ng muddatidan oldingi parlament saylovlari kampaniyasida oddiy fuqaro sifatida ishtirok etadi.
U prezident lavozimida turib bosh vazirlik uchun kampaniya olib borishni istamasligini, bu qonun talabi emas, balki uning shaxsiy qarori ekanini ta’kidlagan.
Serbiyada muddatidan oldingi parlament saylovlari 25-oktyabr kuni o‘tkaziladi. Vuchich 9-sentyabr kuni parlamentni tarqatib yuborgan. Uning bosh vazirlikka nomzodini hukmron Serbiya Progressiv partiyasi ilgari surgan.
Ma’lumot uchun, Vuchich prezidentlikning ikkinchi muddatini o‘tayotgani sababli navbatdagi prezidentlik saylovida yana nomzod bo‘la olmaydi.