
- 4
- 16.10.2026 11:27:00
- 1 мин оқу
Pokistonning Peshavar shahridagi xususiy maktabda tom qulab tushishi oqibatida 34 nafar o‘quvchi va bir nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi. Yana 40 dan ortiq kishi jarohatlangan.
Hodisa 15-oktyabr kuni ertalab, o‘quvchilar darsda bo‘lgan vaqtda yuz bergan. Binoning yuqori qismidagi tom sinfxonalar ustiga qulab tushgan va binoning ikki qavatiga zarar yetgan. Qutqaruvchi va harbiylar vayronalar ostida qolganlarni qutqarib, jarohatlanganlarni shifoxonalarga olib borgan.
Politsiya qurilishdagi kamchiliklar falokatga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Hodisa sabablari yuzasidan tergov olib borilib, maktab direktori hibsga olingan.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va boshqa rasmiylar esa qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish hamda ta’lim muassasalari binolari xavfsizligini tekshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.